“Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 5-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Zukko kitobxon” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitoblar bo‘yicha bilimlari, fikrlash tezligi va topqirlik qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Davlatov Farrux
🥈 2-o‘rin — Mallayeva Odina
🥉 3-o‘rin — Azlarova Parizoda
G‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Bunday tanlovlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.