Zomin tuman axborot-kutubxona markazi haqida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi haqida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–4354-sonli qarori, Jizzax viloyati hokimining 2019-yil 11-iyundagi 226-sonli qarori hamda Zomin tuman hokimining 2019-yil 13-iyundagi №3648-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Markaz o‘z faoliyatini 2019-yil 18-dekabr sanasidan boshlab Zomin tumanida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoa salomatlik texnikumi binosida olib bormoqda.
Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Qayirma MFY, Mustaqillik ko‘chasi.
Markaz tuzilmasi va moddiy bazasi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi dastlab 4 ta bo‘lim faoliyati bilan ish boshlagan. Markaz fondi ochilish paytida 3840 nomdagi 9500 nusxa adabiyot va darslik kitoblar bilan shakllantirilgan.
Xodimlar faoliyati 18,5 shtat birligi asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Targ‘ibot va hamkorlik ishlari
Axborot-kutubxona markazini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tumandagi quyidagi tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilgan:
- Xalq ta’limi tizimidagi 22 ta umumta’lim maktabi
- Mahalla fuqarolar yig‘inlari
- Tuman hokimligi va moliya bo‘limlari
- Prokuratura
- Maktabgacha ta’lim muassasalari
- Yoshlar ishlari agentligi
- Tibbiyot texnikumi
- Tumanda tashkil etilgan barcha ommaviy tadbirlar
Kadrlar bilan ta’minlash va malaka oshirish
Yangi tashkil etilgan axborot-kutubxona markaziga barcha xodimlar 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilingan. Kadrlar kutubxona sohasida bilim va tajribaga ega, kompyuter savodxonligi mavjud bo‘lgan mutaxassislar orasidan suhbat asosida tanlab olingan.
Markaz faoliyati boshlanganidan so‘ng 4 nafar xodim O‘zbekiston Milliy kutubxonasida malaka oshirib kelgan. Qolgan xodimlar esa viloyat axborot-kutubxona markazidan uslubiy yordam olgan.
Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish
Kitobxonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida fond kitoblari ko‘rgazma shaklida joylashtirilgan. Markazda kitobxonlar uchun stol va stullar mavjud.
Shuningdek, bepul onlayn kitob o‘qish xizmati yo‘lga qo‘yilgan, kitoblarni shartnoma asosida yetkazib berish xizmati ham mavjud.
Faoliyat yuritayotgan xizmatlar (2024-yil holatiga)
- Bibliografiya xizmati
- Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ishlov berish xizmati
- Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatlari