“Zukko kitobxon” tanlovi
“Zukko kitobxon” tanlovi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Zomin tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi va FHDYO bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovida buyuk adib Chingiz Aytmatovning “Bolaligim” asari keng yoritildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar asarning mazmun-mohiyati, undagi bolalik xotiralari, urush yillarining og‘ir sinovlari hamda mehr-oqibat, sabr-toqat kabi insoniy fazilatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Savol-javoblar orqali qatnashchilar asarni chuqur o‘rganganliklarini namoyon etdilar.
Tadbir yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Ayniqsa, asarda aks etgan bolalikning mashaqqatli, ammo ibratli sahifalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tanlov yakunida faol qatnashchilar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.