ZOOM platformasi orqali tuman axborot-kutubxona markazlari uchun 2025-yil yakunlari bo‘yicha tahliliy hisobot
Joriy yilning 2-mart kuni ZOOM platformasi orqali tuman axborot-kutubxona markazlari uchun 2025-yil yakunlari bo‘yicha tahliliy hisobot yig‘ilishi tashkil qilindi.
⏳Viloyat axborot-kutubxona markazi ilmiy metodika bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan tahliliy ma’lumotlarda o‘tgan 2025-yil davomida xizmatlarning bajargan ishlari to‘liq tahliliy ma’lumotlar asosida ko‘rsatib o‘tildi. Mavjud kamchiliklarga tushuntirishlar kiritilib, kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan rejalar tinglandi.Rahbariyat tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir fikr va takliflar bildirildi.
📅 2025-yil davomida eng yuqori natijalarga erishgan Do‘stlik, Paxtakor va Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazlari ishlari namunali deb topildi. ZOOM platformasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari faol qatnashishdi.