Zomin tuman axborot-kutubxona markazida rahbar va yoshlar ishtirokida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati
"Abu Rayhon Beruniy merosi – ilm-fan va ma'rifatning bebaho xazinasi"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida rahbar va yoshlar ishtirokida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zominlik ijodkor Abdusattor Sodiqov ishtirok etdi.
Tadbir davomida Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning astronomiya, matematika, geografiya, geologiya, tarix va boshqa fanlar sohasidagi bebaho asarlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Shuningdek, allomaning ilmga bo‘lgan cheksiz intilishi, izlanishlari va boy ma'naviy merosi bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta'kidlandi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar Beruniy asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javoblar orqali mavzu yanada boyitildi. Tadbir yakunida yoshlar buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga da'vat etildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/26037