“Zomin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Yozgi ta’til — bolalar uchun nafaqat maroqli hordiq chiqarish, balki yangi bilim va taassurotlar orttirish, ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun ham qulay imkoniyatdir.
Shu bois mamlakatimizdagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oluvchi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 22-iyul kuni Bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi “Zomin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan “Tasavvurdan tug‘ilgan hikoya” nomli qiziqarli ijodiy o‘yin o‘tkazildi.