“Yosh kitobxon” tanlovi
#Zomin_tumani
“Yosh kitobxon” tanlovining Zomin tuman bosqichi o‘tkazildi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalaridagi yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovining Zomin tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Zomin tuman Yoshlar markazida joylashgan Axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratildi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar oldindan e’lon qilingan badiiy asarlar asosida ikki shart bo‘yicha bellashdilar. Jumladan, badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarni aniqlash hamda tezkor savol-javob shartlari orqali yoshlarning mantiqiy fikrlashi va adabiy savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, har bir yosh toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tanlovning navbatdagi — to‘rtinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.