“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i”
“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlik targ‘iboti
Joriy yilning 30- aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Mehr” loyihasi asosida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Kutubxona mutaxassislari tomonidan Yarlakobov Jalil boboga turli yo‘nalishdagi adabiyotlar tavsiya etilib, ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan foydali tavsiyalar oldilar.
Ayniqsa, kitobxonlar bilan individual ishlash, ularning qiziqishlari asosida adabiyotlar tavsiya etish jarayon samaradorligini yanada oshirdi.