"Yangi adabiyotlar – yangi imkoniyatlar" ko‘rgazmasi tashkil etildi
Joriy yilning 10-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan "Yangi adabiyotlar – yangi imkoniyatlar"
Kutubxonada kitobxonlar e'tiboriga yangi kelgan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda bolalar adabiyotiga oid yangi nashrlar namoyish etildi. Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan kitoblarning mazmun-mohiyati, mualliflari va ularning ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.
Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, mutolaa uchun tavsiya etilgan kitoblar haqida fikr almashdilar. Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarning bilim va dunyoqarashini boyitish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.