Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
#Zomin_tumani
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi, Yoshlar ishlari bo‘limi, yoshlar yetakchilari hamda bir guruh ko‘ngilli volontyorlar ishtirokida “Sharaf lentalari” tarqatish aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida fuqarolarga O‘zbekiston bayrog‘i tasviri tushirilgan lentachalar tantanali ruhda topshirildi. Bu ramziy lenta yurtdoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat ifodasi sifatida ko‘rilmoqda.
Mazkur aksiya yoshlarning ajdodlar xotirasiga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir davomida ishtirokchilarga 9-may sanasining tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida tushunchalar ham berildi.