“Umummilliy diktant” loyihasi amalga oshirildi.
21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan mamlakatimizda ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish, uning nufuzini oshirish hamda tilimizga bo‘lgan mehrni keng targ‘ib etish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Umummilliy diktant” loyihasi amalga oshirildi.
Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etib, diktant yozdilar. Mazkur loyiha ishtirokchilarning savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya qilish, ona tilimizning boy va betakror imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.
“Umummilliy diktant” loyihasi orqali ona tilimizga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamlash, yosh avlod va keng jamoatchilik orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Zomin tumani hokimining Ma'naviyat va davlat tilida ish yuritish masalalari bo'yicha tuman xokimi o'rinbosari Xayrulla Siddiqov xodimlardan olingan diktantlarni tekshirdi.