“Temurbek” tarixiy qissasi taqdimoti tashkil etildi
#Temurbek
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda RMMM Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi, Davlat mukofoti sovrindori Muhammad Alining yaqinda chop etilgan Amir Temur hayoti va davri haqidagi izlanishlari davomi sifatida Sohibqironning bolalik va o‘smirlik yillarini aks ettirgan “Temurbek” tarixiy qissasi taqdimoti tashkil etildi. Asar qiziqarli voqealarga boy, shirali til bilan yozilganligi haqida yig'ilganlarga ma'lumot berildi.
O'zbekiston xalq yozuvchisi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi, Davlat mukofoti sovrindori Muhammad Ali xalqimizning shonli tarixi haqidagi she’rlari, dostonlari, romanlari, dramalari, ilmiy-publitsistik maqolalari bilan keng o‘quvchilar ommasiga juda yaxshi tanish. Adibning tariximizni anglashga qaratilgan “Ulug‘ saltanat” roman-epopeyasi, “Sarbadorlar” dilogiyasi, “Kleopatra”, “Mangu quyosh”, “Umrlar gulshani” tarixiy romanlari katta qiziqish bilan o'qiladi.