Taqdimotlar tayyorlash boʻyicha amaliy master-klasslar oʻtkazild
Joriy yilning 6-avgust kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi "Rahbar va yoshlar kuni" doirasida Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robotexnika kuni munosabati bilan axborot-kutubxona markazi xodimlari va yoshlar yetakchilari uchun ChatGPT, Gemini kabi sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, tahliliy hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash boʻyicha amaliy master-klasslar oʻtkazildi. Tadbir davomida AKT xodimlari tomonidan yuqoridagi sunʼiy intellekt vositalaridan qay tarzda toʻgʻri foydalanish, ularni axborotlarini qay darajada toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligi haqida maʼlumotlar berib, savol-javoblar oʻtkazildi.