“Tajriba almashish — rivojlanish va yangilanish garovi”
“Tajriba almashish — rivojlanish va yangilanish garovi”
Joriy yilning 24-avgust sanasida 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi kutubxonachilari bilan tajriba almashish maqsadida metodik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kitob fondidan unumli foydalanish hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kutubxonachilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar, yangi uslub va yondashuvlar muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik va birgalikdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📖 Bunday tajriba almashuvlar kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish, hamkorlikni mustahkamlash va kitobxonlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.