“Tafakkur gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida davra suhbati
“TAFAKKUR GULSHANI” KITOBXONLAR KLUBI A’ZOLARI BILAN DAVRA SUHBATI
Joriy yilning 21-aprel sanasida axborot-kutubxona markazida “Yoshlar hayotida kitobning o‘rni” mavzusida “Tafakkur gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda kitobning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Klub a’zolari o‘zlari mutolaa qilayotgan asarlar, sevimli mualliflari va olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Suhbat davomida kitob o‘qishning inson tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati, vaqtni samarali tashkil etish hamda yoshlarni kitobga mehr uyg‘otish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazilib, tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol kitobxonlar rag‘batlantirilib, barchaga mutolaani muntazam davom ettirish tavsiya etildi.