Shohrux nomidagi zamonaviy kutubxona oʻz eshiklarini ochdi
#Ziyo_maskaniga_sayohat:
Shohrux nomidagi zamonaviy kutubxona oʻz eshiklarini ochdi. Kechagina foydalanishga topshirilgan Shohrux nomidagi yangi kutubxonaga kitobxonlar uchun ilk taassurotlarga boy va unutilmas sayohat tashkil etildi. Ushbu maʼrifat maskani kitobsevarlar uchun chinakam bilim va tafakkur kashfiyoti bayramiga aylandi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning boy kitob fondi, qadimiy va zamonaviy adabiyotlar toʻplami hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Zamonaviy kutubxona barcha qulayliklarga ega boʻlib, bu yerda kitobxonlarning erkin va samarali mutolaa qilishlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo qilingan. Shinam va yorugʻ oʻquv zallari, eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan elektron kutubxona boʻlimi, koving (coworking) hududlari hamda tinch mutolaa zonalari har bir tashrif buyuruvchida katta taassurot qoldirdi.