“Shaxmat va shashka festivali” musobaqasi
Joriy yilning 2-mart sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari hamda 2-"Shodlik" nomli MTT bilan hamkorligida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Shaxmat va shashka fesrival musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat va shashka festivali” musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida kichkintoylar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, diqqat va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Shaxmat donalari ortida esa nafaqat o‘yin, balki sabr, strategiya va g‘alabaga intilish mujassam bo‘ldi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilar faol qatnashdilar. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish yo‘lida bunday musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
https://t.me/zomin_kutubxona/23304