“Qonun ustuvorligi — yoshlar mas’uliyati” mavzusida davra suhbati
21-sentyabr kuni Shohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot texnikumi bilan hamkorlikda “Qonun ustuvorligi — yoshlar mas’uliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔰Uchrashuv davomida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shaxsiy mas’uliyat, qonunlarga rioya qilish va yoshlar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar amaliy tavsiyalar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bunday tadbirlar talabalarga o‘z huquq va majburiyatlarini chuqurroq anglash, ongli qaror qabul qilish hamda shaxsiy xavfsizlikka mas’uliyat bilan yondashishga yordam beradi.