“Qahramonlar xotirasi – mangu e’zozda” mavzusida tadbir
“Qahramonlar xotirasi – mangu e’zozda” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 8-may sanasida Zomin tumanidagi 75-son umumta’lim maktabida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga yurtimiz ravnaqi hamda xalq tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimizning mardligi va jasorati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan Vatan va tinchlikni ulug‘lovchi she’rlar aytildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, tadbir davomida faxriylarni qadrlash, ularga ehtirom ko‘rsatish va tarixiy xotirani asrab-avaylash har bir yosh avlodning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi. Tadbir doirasida mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil qilinib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yoshlarning qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va tinchlikka sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.