“Oila – mehr, tarbiya va ruhiy osoyishtalik maskani” mavzusida davra suhbati
“Oila – mehr, tarbiya va ruhiy osoyishtalik maskani” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan hamda har oyning 17- sanasi "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 19-may sanasida “Oila – mehr, tarbiya va ruhiy osoyishtalik maskani” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tibbiyot texnikumi talabalari va xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzand tarbiyasi, milliy qadriyatlarni asrash hamda oilalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda faol ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.