“Navoiy yodi ila yashaymiz mudom”
Joriy yilning 9-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, buyuk mutafakkir – Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida 2-DMTT bilan hamkorlikda DMTT binosida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Bolajonlar tomonidan buyuk shoir Navoiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar berib o‘tilgandan so‘ng, jajji bolajonlar g‘azal va ruboiylar aytishdi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir yakunida maktab ma’muriyati hamda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan jajji bolajonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.