Muzeyga sayohat
Joriy yilning 18-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan muzeylar kuni munosabati bilan 60-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida muzeyda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni milliy tariximiz, boy madaniy merosimiz va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘quvchilar muzeydagi tarixiy eksponatlar, qadimiy buyumlar va yurtimiz o‘tmishini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlar o‘quvchilarda tarixga, madaniyatga va milliy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Ushbu sayohat yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.