“Maʼrifat uchun kurashgan jadidlar”
#kochma_kutubxona_2026
Joriy yilning 28- yanvar sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tehnikumi talabalari ishtirokida “Maʼrifat uchun kurashgan jadidlar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy tariximizga hurmat tuygʻusini shakllantirish hamda jadid bobolarimizning maʼrifat yoʻlidagi fidokorona faoliyati bilan tanishtirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga jadidlarning xalqni savodli qilish, maktab va taʼlimni rivojlantirish yoʻlida olib borgan ishlari sodda va tushunarli misollar orqali tushuntirib berildi. Shuningdek, oʻquvchilar Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid namoyandalarining hayoti va faoliyati haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.