Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 13-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 1-son umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etilib, kitobning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida qiziqarli suhbat tashkil qilindi. Shuningdek, kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday hamkorlikdagi tadbirlar yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni bilim olishga undash hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.