Kutubxonaga sayohat “Kutubxonamizga xush kelibsiz!”
#Sayohat_2026
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 30-yanvar sanasida 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchilari uchun “Kutubxonamizga xush kelibsiz!” nomli sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohatning asosiy maqsadi oʻquvchilarni kutubxona faoliyati, undagi boy adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlodda kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida oʻquvchilar kutubxonadagi turli yo‘nalish va janrlardagi kitoblar bilan tanishib, ularni katta qiziqish va zavq bilan tomosha qildilar.