Ko‘chma kutubxona – kitobxonlar huzurida!
Ko‘chma kutubxona – kitobxonlar huzurida!
Joriy yilning 2-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2-sonli Musiqa va sa'nat maktabi bilan ko‘chma kutubxona xizmati tashkil etilib, kitobxonlar uchun kitob almashtirish jarayoni amalga oshirildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar va kitobsevarlar o‘qib bo‘lgan adabiyotlarini topshirib, o‘z qiziqishlariga mos yangi kitoblarni tanlab oldilar. Bu jarayon kitobxonlikni yanada rivojlantirish, aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
Ko‘chma kutubxona – bu bilimni o‘quvchi huzurigacha yetkazish, kitob bilan do‘stlikni mustahkamlash demakdir.