“Kitobxon davlat xizmatchisi” aksiyasi tashkil etildi.
Joriy yilning 18-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitobxon davlat xizmatchisi” aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya tuman tashkilotlari o‘rtasida tashkil etildi. Aksiya doirasida tashkilotlar tomonidan Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga 10 donadan kitob sovg‘a qilinmoqda.
📖 Aksiyaning asosiy maqsadi — davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va kitob fondini boyitishdan iborat.