“Kitobsevar millat "shior ostida kitob ko'rgazmasi
#Kitobsevar_millat
📚 “Kitobsevar millat "shior ostida kitob ko'rgazmasi
16-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari yosh kitobxonlar ishtirokida kitob ko'rgazma tashkil etildi. Tadbir doirasida “Kitobxon millatning kelajagi buyukdir” nomli boy va rang-barang kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada turli janr va yo‘nalishlardagi 70 nomdagi, 100 nusxadan ortiq kitoblar kitobsevarlar e’tiboriga havola qilindi. Ushbu asarlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
📖 Kitob – millat kelajagi!
Biz bilan birga o‘qing, izlaning va ma’rifat sari intiling!