Kitob — tafakkur va ma’naviyat manbai
Joriy yilning 26-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umum ta'lim maktabi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni mustaqil fikrlashga undash masalalari muhokama qilindi.
Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Kitob — tafakkur va ma’naviyat manbai ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
📖 Yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish yo‘lidagi bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom etadi.