“Kitob – tafakkur gulshani” nomli kitob ko‘rgazmasi
“Kitob – tafakkur gulshani” nomli kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 1-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitob – tafakkur gulshani” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar qalbida mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, zamonaviy yozuvchilar asarlari hamda bolalar uchun mo‘ljallangan rang-barang kitoblar namoyish etildi. Ayniqsa, o‘quvchilar uchun qiziqarli ertaklar, badiiy asarlar va ilmiy-ommabop kitoblar alohida e’tibor qozondi.
Tadbir davomida kitobxonlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning sevimli asarlari, mualliflari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yosh kitobxonlar o‘zlari o‘qigan kitoblari yuzasidan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirib, ularni muntazam mutolaa qilishga undadi.