“Kitob – tafakkur chirog‘i”
“Kitob – tafakkur chirog‘i”
Joriy yilning 26-fevrol sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazda "Kitob-tafakkur chirog'i" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, zamonaviy yozuvchilar ijodi hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan qiziqarli kitoblar namoyish etildi.
Tadbir davomida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishish, yangi nashrlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ko‘rgazma yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
📖 Kitob – inson ma’naviyatini boyituvchi, tafakkurini kengaytiruvchi bebaho manbadir. Barchani kutubxonamizga taklif etamiz!