"Kitob-bilim va taraqqiyot manbai" nomli kitob ko‘rgazma
#Koʻrgazma
Joriy yilning 18-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitob-bilim va taraqqiyot manbai" nomli kitob ko‘rgazmasi va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yoshlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda kasbga yo‘naltiruvchi adabiyotlar namoyish etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarning mazmuni, ahamiyati va mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni haqida batafsil tushunchalar berildi.
Targ‘ibot jarayonida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib olindi.
Tadbir ishtirokchilari kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni bilimli, tafakkuri keng va intellektual salohiyatli etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.