"Kitob bilan do'stlashamiz "
#Sayohat_2026
Joriy yilning 4-fevral sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Kitob bilan do'stlashamiz " nomli sayohat tashkil qilindi.Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Sayohat o'quvchilarga kitobga qiziqish uyg'otish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kutubxona ma'daniyatini oshirishga xizmat qildi. Sayohatda 12 nafar o'quvchi ishtirok etdi.