"Keling kitob o'qiymiz "
#kitoblar_koʻrgazm#Sayohat_2026
⏩Joriy yilning 22-yanvar sanasida 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-sinf o'quvchilari tomonidan Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga "Keling kitob o'qiymiz " nomli sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohatda 14 nafar o'quvchi ishtirok etdi.