JADIDLAR — MILLIY UYG‘ONISH VA MA’RIFAT FIDOIYLARI
JADIDLAR — MILLIY UYG‘ONISH VA MA’RIFAT FIDOIYLARI
Joriy yilning 25-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan jadidlar merosini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ma’rifatparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Jadidlar — milliy uyg‘onish va ma’rifat fidoiylari” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi buyuk jadidlarning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, shuningdek, ularning bebaho ilmiy-ma’rifiy merosi aks etgan kitoblar o‘rin oldi.
Tadbir davomida jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, ta’lim, milliy taraqqiyot va Vatan ravnaqi yo‘lidagi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.
Jadidlar merosi — millat ma’naviyati va kelajak avlod uchun bebaho xazinadir!