Jadidlar — millat ma’rifati yo‘lida fidoyi siymolar
Jadidlar — millat ma’rifati yo‘lida fidoyi siymolar
Joriy yilning 12-mayl sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan jadid adabiyoti va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida jadid bobolarimizning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, millat ravnaqi yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati haqida batafsil so‘z yuritildi.
Ishtirokchilarga jadidlarning boy adabiy merosi, ularning yurt taraqqiyoti va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy hamda Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodi yoshlar uchun ibrat ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida kitobxonlar o‘rtasida jadidlar merosiga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ularning asarlari yuzasidan fikr almashildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida tariximizga hurmat, kitobxonlikka mehr va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.