“Inson huquqlari – oliy qadriyat”
“Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 18-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida inson huquqlarining jamiyatdagi o‘rni, qonuniy himoyasi hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirdilar va savol-javoblar orqali mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamladilar.
Inson huquqlarini hurmat qilish – har birimizning burchimizdir!