Ijtimoiy himoya markazida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati
Ijtimoiy himoya markazida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
Ijtimoiy himoya markazida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda markaz xodimlari, yoshlar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida kitobning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, oilaviy mutolaaning ahamiyati hamda farzandlar tarbiyasida kitobning tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilayotgan asarlar haqida so‘zlab, tavsiyalar berdilar.
Shuningdek, markaz huzurida kichik kitob burchagini tashkil etish, kitob almashinuvi yo‘lga qo‘yish hamda aholiga bepul mutolaa imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
📖 Tadbir yakunida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ayniqsa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj qatlamlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi.