“G‘ofur G‘ulom – tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi” mavzusida kitob ko‘rgazma
#kitoblar_korgazmasi_2026
Joriy yilning 14-may sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, atoqli shoir va yozuvchi G‘ofur G‘ulom tavalludi munosabati bilan “G‘ofur G‘ulom – tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik g‘oyalarini tarannum etuvchi asarlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazma davomida adibning she’riy to‘plamlari, hikoya va qissalari, publitsistik asarlari hamda uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar namoyish etildi.