“G‘azal mulkining zabardast ikki vakili”
2026-yil 10-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi 16-umum ta'lim maktabi bilan hamkorligida “G‘azal mulkining zabardast ikki vakili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir buyuk mutafakkir va mumtoz adabiyotimizning daho namoyandalari — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijod yo‘li, ularning o‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan, g‘azal janri rivojidagi beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shoirlarning g‘azallaridan namunalar o‘qilib, ularning mazmun-mohiyati, badiiy xususiyatlari hamda tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbati savol-javoblar va jonli munozaralar asosida o‘tkazilib, kitobxonlarning faol ishtiroki bilan yanada mazmunli kechdi.