"Bolalarga bering dunyoni " nomli kitob ko'rgazma
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Shu boisdan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 1- iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan joriy yilning 26-may kuni bolajonlar ishtirokida "Bolalarga bering dunyoni " nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazma davomida bolajonlar uchun turli xil ertak qahramonlarini taniysizmi, topishmoqni toping kabi viktorina o'yinlari o'tkazildi. Ko'rgazma barchaga birdek manzur boʻldi. Ushbu tadbirda 10 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar