“Bolalarga bering dunyoni” kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
“Bolalarga bering dunyoni” kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Bolalarga bering dunyoni” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda bolalar adabiyotining eng sara namunalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.Ko‘rgazmadan o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining eng sara asarlari, ertaklar, rivoyatlar, qiziqarli hikoyalar, she’riy to‘plamlar hamda bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi rang-barang kitoblar o‘rin oldi. Tashrif buyurgan kitobxon bolalar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, sevimli kitoblarini mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
https://t.me/zomin_kutubxona/25325