Bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida davra suhbati
Joriy yilning 25-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida davra suhbati bo'lib o'tdi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, san’at va adabiyot uyg‘unligi, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📖 Kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Davra suhbati yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni kitob va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.