BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
#Giyovandlik_asr_vabosi
#Zomin_tuman
#davra_suhbati
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
Zomin tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi,Zomin tuman axborot-kutubxona markazi, (Targibot va Oqila ayollar rahbari) IIB tuman boʻlimi, Oila va xotin-qizlar tuman boʻlimi, Din ishlari bo'yicha mutaxassis bilan hamkorligida tumandagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, ularning oqibatlari hamda bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida ,,Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, yoshlarni turli xil yod gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish maqsadida,, Jaholatga qarshi maʼrifat'' mavzusida tushuntirish olib borildi.