“Bilimlar xazinasi sari sayohat” mavzusida kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 10-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar va kitobxonlar ishtirokida “Bilimlar xazinasi sari sayohat” mavzusida kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning kitob fondi, yangi adabiyotlar va elektron resurslar bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishib, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamladilar.
Mazkur sayohat yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni kitobga oshno etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.