“Bilim maskaniga sayohat”
“Bilim maskaniga sayohat”
Joriy yilning 4-may sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-maktab o‘quvchilari uchun kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kutubxonadan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, undagi boy kitob fondi hamda zamonaviy xizmat turlari bilan yaqindan tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan kitoblarni asrab-avaylash, ularni to‘g‘ri tanlash va o‘qish madaniyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir davomida bolalar uchun qiziqarli savol-javoblar, kichik viktorinalar ham tashkil etilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Ayniqsa, ertaklar va bolalar adabiyotiga bag‘ishlangan burchak o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.