Bibliografik sharh
#Bibliografik_sharh
🗓2026-yil 20-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov asarlariga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi. Sharhdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni adibning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda yoshlarni mutolaaga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.
✔️Sharh davomida yozuvchining “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi mashhur asarlari haqida qisqacha ma’lumot berildi. Asarlarda insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, oila qadri va hayotiy sinovlar mavzusi keng yoritilgani ta’kidlandi. O‘quvchilarga asarlarning mazmun-mohiyati, qahramonlari hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/25174