“Ayollar – jamiyatimizning tayanchi”
“Ayollar – jamiyatimizning tayanchi”
Joriy yilning 19-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ayollar ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi tarbiyaviy ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Davra suhbati samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ayollarni kitob mutolaasiga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi.