Abdulhamid Cho‘lpon tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
CHO‘LPON IJODIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR
Joriy yilning 4-mart kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 75-son umumta’lim maktabi hamkorligida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi — Abdulhamid Cho‘lpon tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 75-maktab o‘quvchilari tomonidan Cho‘lponning she’rlari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda ijodiga oid savol-javoblar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar adib asarlarida aks etgan Vatanga muhabbat, erkinlik va ma’naviyat g‘oyalarini chuqur his etdilar. Tadbir yoshlar qalbida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Yakunda faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi va hamkorlikdagi bunday ma’naviy uchrashuvlar davom etishi ta’kidlandi.