8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 3-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 12-sonli MTT hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida jajji tarbiyalanuvchilar tomonidan onajonlar va opa-singillarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlarning samimiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida ayollarga nisbatan hurmat-ehtirom, mehr va e’zoz tuyg‘ularini shakllantirish hamda bayramning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi va bayramona muhit yanada ko‘tarildi.